|
Kamyoblik
darajasi 2. O`zbekistonda soni qisqarib borayotgan kamyob, manzarali tur.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 25-75 sm oralig`idagi ko`p yillik o`t. Ildizi urchuqsimon
yo`g`onlashgan. Barglari bandli, ikki karra uch bo`lakli, bo`laklari qalami-nashtarsimon.
Gullari yirik, diametri 6-10 sm. Mevasi tarvaqaylagan, qalin tukli. Urug`i
yaltiroq, qora rangli. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-avgustda mevasi
yetiladi.
Tarqalishi.
Chotqol,
qurama, Zarafshon aa Hisor tizmalarida tarqalgan (Toshkent, Samarqand,
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari). Qirg`iziston, Qozog`iston, G`arbiy
Sibirda hamda Jung`oriyada ham uchraydi.
O`sish
sharoiti. Dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikda chirindili mayda jinsli
tuproqlarda va daraxtlarning tagida o`sadi.
Soni.
Tabiatda
200-250 tupi borligi aniqlangan bo`lib, bulardan ayrimlari yo`qolib ketgan.
Masalan, 1960 yillargacha Chotqol biosfera qo`riqxonasi (Boshqizilsoy)da o`sib
turgan sallagullar butunlay yo`qolib ketgan. Ular faqat qo`riqlanadigan va
chiqib bo`lmaydigan joylarda saqlanib qolgan.
Ko`payishi.
Urug`idan
ko`payadi.
O`simlik
soni va arealining o`zgarish sabablari. Gullarining uzib olinishi va tuplarining
ildizi bilan qazib olib hovlilarga ekilishi hamda chorva mollarining ko`plab
boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.
Madaniylashtirilishi.
Ko`pgina
botanika bog`larida muvaffaqiyatli ravishda ekib kelinmoqda.
Muhofaza
choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Chotqol biosfera qo`riqxonasining
Maydontol bo`limida qo`riqlanadi.
|